2023-yil 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi tufayli o‘zbekistonliklar 2-oktabr, dushanba kuni ham dam oladi. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» O‘zbekiston prezidentining maktab va institutdagi o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi. Ular Shavkat Mirziyoyevni sinfdoshlarini birlashtirgan, tartibli talaba, stol tennisi va texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan shaxs sifatida esga olishdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston pedagoglariga 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. «Ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tariladi», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar va murabbiylarga tabrigida ta’lim sohasining asosiy vazifalaridan biri «faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Vatan va xalq manfaatlarini qat’iy himoya qila oladigan, zamonaviy, keng fikrlaydigan yoshlar avlodini shakllantirishdan iborat» ekanini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting